Tarmoqlar va sohalar bo‘yicha axborot texnologiyalari yaratadigan va ishlay oladigan mutaxassislarni tayyorlaydi.
Ta'lim turi: Kunduzgi, sirtqi va kechki
Ta'lim tili: O‘zbek va rus
To‘lov miqdori (kunduzgi shakl): 25,900,000 so‘m
To‘lov miqdori (sirtqi shakl): 16,100,000 so‘m
To‘lov miqdori (kechki shakl): 24,900,000 so‘m
Qabul shakli: Imtihon (test) asosida (Matematika – 30 ta, mantiq– 15 ta)
To‘lovni bir martada 100% amalga oshirganda umumiy miqdordan 10% chegirma qilinadi.
Axborot tizimlari va texnologiyalari ta’lim yo‘nalishi fanning turli tarmoqlarida kompyuter texnologiyalarini qo‘llash va amaliy faoliyatning turli sohalariga axborot texnologiyalarining kirib borishini o‘rgatish usullari va uslublari majmuasini o’z ichiga oladi.
Ushbu yo‘nalish bitiruvchilarining kasbiy faoliyat turlari:
Axborot tizimlari va texnologiyalari yo‘nalishida talabalarga mantiqiy fikrlash, matematik madaniyatni rivojlantirish va ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, vizual dasturlash muhitida ishlash, turli muammolarni hal qilish uchun qo‘shimchalar yaratish, zamonaviy dasturlash tillarini o‘rganish va rivojlantirish, elektron davlat хizmatlarini ko‘rsatishning yaхlit tizimini yaratish, davlat organlarining aholi bilan muloqot qilishining yangi meхanizmlarini joriy etishning imkoniyatlari, afzalliklari, dasturiy va teхnologik ta’minot, zamonaviy texnik vositalar, operatsion tizimlar va zamonaviy dasturlarda aхborotlarni qayta ishlash va hisob-kitoblarni amalga oshirish, hisoblash jarayonlarini avtomatlashtirishning tamoyil va uslublari, kompyuter tizimlari xavfsizligini baholash, tizim xavfsizligini ta’minlash usul va vositalari o‘rgatiladi.