Moliya va bank tizimi uchun mutaxassislar tayyorlaydi.
Ta'lim turi: Kunduzgi, sirtqi va kechki
Ta'lim tili: O‘zbek va rus
To‘lov miqdori (kunduzgi shakl): 24,100,000 so‘m
To‘lov miqdori (sirtqi shakl): 15,100,000 so‘m
To‘lov miqdori (kechki shakl): 23,100,000 so‘m
Qabul shakli: Imtihon (test) asosida (Matematika – 30 ta, mantiq– 15 ta)
To‘lovni bir martada 100% amalga oshirganda umumiy miqdordan 10% chegirma qilinadi.
Bank ishi va auditi o‘z ichiga davlat va xususiy tashkilotlar, xususan, bank va moliyaviy tashkilotlar, auditorlik xizmati bilan shug‘ullanuvchi jamiyatlar uchun mutaxassislar tayyorlaydi. Ushbu yo‘nalishda talabalarga bank va moliya asoslari, pul va bank o‘rtasidagi bog‘lanishlar, bank faoliyati, xalqaro moliya, pul-kredit siyosati, bank hisobi, auditi, bank ishlari bilan bog‘liq muammolarga yechim topish, investitsiya va investorlar bilan munosabat o‘rnatish, sohaga doir innovatsiyalar, bankni nazorat qilish hamda tahlil etish bo’yicha bilimlar beriladi.
Bitiruvchilar jamiyat hayotining muhim sohalari, xususan, bank va moliyaviy tashkilotlarda faoliyat yuritishlari mumkin.