Umumta'lim fanlari bo'yicha maktablarda 1-dan 4-sinfgacha bo'lgan o'quvchilarni o'qituvchi-pedagoglarni tayyorlaydi.
To'lovni bir martada 100% amalga oshirganda 1,1 mln chegirma qilinadi.
"Boshlang’ich ta’lim" fakulteti - umumta'lim fanlari bo'yicha maktablarda 1-dan 4-sinfgacha bo'lgan o'quvchilarni o'qituvchi-pedagoglarni tayyorlaydi.
Boshlang'ich sinflarda o’quvchilar nafaqat bilim olishadi, balki o'rganishadi . Bolaning keyingi yutuqlari qanday bo’lishi, boshlang’ich ta’lim jarayoniga ham bog’liqdir.
O'qituvchi bolalardagi qiziqishni, qiyinchiliklarni yengish odatini rivojlantirishga intiladi. Ularda bilimga bo'lgan ehtiyojni shakllantiradi,
Boshlang'ich sinf o'qituvchisi qo'shimcha fakultativ mashg'ulotlar olib boradi, fan to'garaklarini boshqaradi, o'quv xonasini jihozlash va loyihalash bilan shug'ullanadi. Bundan tashqari, o'qituvchi ota-onasi bilan faol ishlaydi, bolani birgalikda tarbiyalash, rivojlantirish va o'qitish uchun ularga maslahat beradi.
Malaka: bakalavr
Bitiruvchining professional faoliyati: pedagogik, madaniy-ma'rifiy
Bitiruvchining kasbiy faoliyat sohasi quyidagilarni o'z ichiga oladi: ta'lim, ijtimoiy soha.