Jamiyat hayotining ko‘plab jabhalari uchun tarmoqlar va sohalar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydi.
Ta'lim turi: Kunduzgi, sirtqi va kechki
Ta'lim tili: O‘zbek va rus
To‘lov miqdori (kunduzgi shakl): 24,100,000 so‘m
To‘lov miqdori (sirtqi shakl): 15,100,000 so‘m
To‘lov miqdori (kechki shakl): 23,100,000 so‘m
Qabul shakli: Imtihon (test) asosida (Matematika – 30 ta, mantiq– 15 ta)
To‘lovni bir martada 100% amalga oshirganda umumiy miqdordan 10% chegirma qilinadi.
Buxgalteriya hisobi va audit yo‘nalishi o‘z ichiga davlat va xususiy tashkilotlar, xususan, aksiyadorlik jamiyatlari, moliyaviy tashkilotlar, auditorlik muassasalari, autsorsing xizmatlari, sug‘urta, soliq va bank tashkilotlari uchun mutaxassislar tayyorlaydi. Ushbu yo‘nalish bitiruvchilari quyidagi kasbiy faoliyatlar asosida ishlashlari mumkin:
Buxgalteriya hisobi va audit yo‘nalishida talabalarga buxgalteriyada qo‘llanadigan hujjat turlari va ularning yozilish tartibi, jamiyatda ro‘y beradigan iqtisodiy qonunlarni bilish va ularning amal qilishiga ongli munosabatda bo‘lish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirish hamda tahlil etish, ish jarayoni va rahbarlik qobiliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan muammolarni bartaraf etish uchun ijodiy yechimlarni topish, iqtisodiyotining muhim tushunchalari, kategoriyalari, tasniflari, bozor hodisalari va jarayonlari o‘rtasidagi bog‘lanishlar, ularning rivojlanish qonuniyatlari, ekonometrik modellarini tuzish, tuzilgan modellarni turli xil mezonlar asosida tekshirish va ularni tatbiq qilish, talab va taklif to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar asosida bozorni tahlil qilish hamda xulosalar chiqarish kabi bilimlar o‘rgatiladi.