Ingliz tili fakulteti haqida

Ta’lim tizimida xorijiy til (ingliz tili) dan o’rta va oliy ta’lim muassasasi o’quvchilariga ta’lim beruvchi til bilish darajasi B2 yoki IELTS 6 dan baland bo’lgan o’qituvchilarni tayyorlaydi.

Ta'lim turi: Kunduzgi

Ta'lim tili: Rus va o'zbek

To'lov miqdori: 23,100,000 so'm

To'lovni bir martada 100% amalga oshirganda 1,1 mln chegirma qilinadi.  

Ingliz tili metodikasi fakulteti – ta’lim tizimida xorijiy til (ingliz tili) dan o’rta va oliy ta’lim muassasasi o’quvchilariga ta’lim beruvchi til bilish darajasi B2 yoki IELTS 6 dan baland bo’lgan o’qituvchilarni tayyorlaydi.

Ingliz tili metodikasi bitiruvchilari ta’lim tizimida o’quvchilarga ingliz tilini o’rgatish sistematikasi va metodikasini o’rganishadi va tayyorlay oladigan darajada bo’lishadi.

“Ingliz tili metodikasi” fakulteti talabalarni malakali ingliz tili o’qituvchisi sifatida rivojlantirish, kasbiy bilim va amaliy ko'nikmalarni egallashi uchun nazariy va amaliy fanlarni o’qitish bilan bir qatorda ESP dasturi asosida ham oxirgi 2 kurs davomida tayyorlaydi.

Ta’lim sifatini yaxshilash maqsadida, talabalar doimo amaliyot darslarini maktabgacha ta’lim va maktablarda o’tashadi.

Malaka: akademik bakalavr
Bitiruvchining professional faoliyati: pedagogik, filologik

Bitiruvchining kasbiy faoliyat sohasi quyidagilarni o'z ichiga oladi: ta'lim, ijtimoiy soha.

Siz PROFI UNIVERSITY da nazariy bilimlar bilan birga amaliyot qilish imkoniga ham ega bo’lasiz!