Iqtisodiy soha uchun tarmoqlar va jabhalar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydi.
Ta'lim turi: Kunduzgi, sirtqi va kechki
Ta'lim tili: O‘zbek va rus
To‘lov miqdori (kunduzgi shakl): 24,100,000 so‘m
To‘lov miqdori (sirtqi shakl): 15,100,000 so‘m
To‘lov miqdori (kechki shakl): 23,100,000 so‘m
Qabul shakli: Imtihon (test) asosida (Matematika – 30 ta, mantiq– 15 ta)
To‘lovni bir martada 100% amalga oshirganda umumiy miqdordan 10% chegirma qilinadi.
Iqtisodiyot fakulteti bakalavr darajasidagi soha mutaxassislarini tayyorlaydi. Ushbu yo‘nalish mutaxassislari ijtimoy-iqtisodiy sohaning turli qatlamlarida faoliyat olib borishlari mumkin. Bu fakultetda talabalarga bozor munosabatlari sharoitida milliy iqtisodiyot va uning tarmoqlarini ekonometrik modellashtirish, iqtisodiy bilimlarning nazariy asoslari, iqtisodiy qonunlar va tamoyillarini o‘rgatish hamda ularni amalda tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilish, statistika, moliya, bank ishi, shuningdek, zamonaviy bilimlar sifatida axborot texnologiyalari bilan ishlash, marketing va menejment asoslari o‘rgatiladi.
Ushbu yo‘nalish mutaxassislari davlat va xususiy sektor uchun iqtisodiy munosabatlarni shakllantirish, undagi muammolar, xato va kamchiliklarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bilan shug‘ullanishadi.