Marketing fakulteti haqida

Tarmoqlar va sohalar bo’yicha marketing mutaxassislarini tayyorlaydi.

Ta'lim turi: Kunduzgi, sirtqi va kechki

Ta'lim tili: O‘zbek va rus

Tolov miqdori (kunduzgi shakl): 23,100,000 so‘m

Tolov miqdori (sirtqi shakl): 14,300,000 so‘m

Tolov miqdori (kechki shakl): 22,100,000 so‘m

Qabul shakli: Imtihon (test) asosida (Matematika – 30 ta, mantiq– 15 ta)

Tolovni bir martada 100% amalga oshirganda umumiy miqdordan 10% chegirma qilinadi.

Marketing ta’lim yоʻnalishi – fan va marketing sohasidagi ta’lim yоʻnalishi bоʻlib, marketing sohasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tashkil etishning huquqiy-me’yoriy asoslarini takomillashtirish, marketing bilan shugʻullanadigan korxonalarda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, rejalashtirish, tashkiliy boshqaruv tarkibini shakllantirish, biznes strategiyasini tahlil qilish, mahsulot va xizmatlarni reklama qilish, marketing tadqiqotlarini оʻzlashtirish, barcha korxonalarda xizmat kоʻrsatish faoliyatini tashkil etish, korxonlarning marketing faoliyatini boshqarish, raqobatbardoshlik holatini tahlil qilish, turizm korxonalari dasturlarini tuzish, turli mulkchilik shaklidagi korxonalarning marketing faoliyatini rivojlantirishga, istiqbolini belgilashga, kasbiy kоʻnikmaga, mutasaddilik qobiliyatiga yоʻnaltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublari bilan bogʻliq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.

Marketing (tarmoqlar va sohalar bоʻyicha) ta’lim yоʻnalishi bitiruvchilarining quyidagi faoliyat turlarini amalga oshirishlari mumkin:

  • Tashkiliy-boshqaruv;
  • Ishlab chiqarish va xizmat kоʻrsatish;
  • Axborot-tahliliy faoliyat;
  • Ilmiy-tadqiqot faoliyati;
  • Tadbirkorlik.

Marketing yo’nalishida talabalar jamiyatda rоʻy beradigan iqtisodiy qonunlarni bilish va ularning amal qilishiga ongli munosabatda bоʻlish, faol assortiment siyosatini, narx, oldisotdi, reklama, iste’molchilarni оʻrganish, tomonlar bilan munosabatlarga kirishish, tijorat qaltisligini va raqobatchilar bilan munosabat, bozor iqtisodiyoti sharoitida talab va taklifni oʼzaro moslashtirish yoʼli, marketingni boshqarish, innovatsion marketing, marketing tadqiqotlari оʻtkazish, tarmoqlar va sohalar marketingini tashkil etish kabi bilimlarga ega bo’lishadi.