O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti haqida

O‘rta va oliy ta’lim tizimi uchun shu fan asosida ta’lim beradigan mutaxassislar tayyorlaydi.

Ta'lim turi: Kunduzgi, sirtqi va kechki

Ta'lim tili: O‘zbek

Tolov miqdori (kunduzgi shakl): 23,100,000 so‘m

Tolov miqdori (sirtqi shakl): 14,900,000 so‘m

Tolov miqdori (kechki shakl): 22,100,000 so‘m

Qabul shakli: Imtihon (test) asosida (Ona tili – 20 ta, adabiyot -10 ta, mantiq – 5 ta)

Tolovni bir martada 100% amalga oshirganda umumiy miqdordan 10% chegirma qilinadi.

O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti bakalavr darajasidagi pedagoglarni tayyorlaydi. Ushbu yo‘nalish mutaxassislari ta’lim muassalarida o‘quvchilarga ona tili va adabiyot hamda o‘zbek tili va adabiyoti fanlaridan saboq berishlari mumkin. Bu fakultetda talabalarga o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqlarini shakllantirish, davlat tili asosida ish olib bora olish hamda milliy g‘oyamizni yoshlarga singdirish usullari o‘rgatiladi.

Ushbu yo‘nalish mutaxassislari o‘quvchilarning shaxsiyati va milliyat, o‘zlik haqidagi tasavvurlari shakllanishida muhim ahamiyat ahamiyat kasb etishadi. Shunindek, bitiruvchilar nafaqat, ta’lim, balki, ijtimoiy-siyosiy sohaning bir qator jabhalarida faoliyat olib borishlari mumkin.