Pedagogika va psixologiya fakulteti haqida

Maktabgacha ta’lim, o’rta va oliy ta’lim yoshidagi o’quvchilar bilan psixologik jihatdan shug’ullanadigan mutaxassislarni tayyorlaydi.

Ta'lim turi: Kunduzgi va sirtqi

Ta'lim tili: Rus va o'zbek

To'lov miqdori (kunduzgi shakl): 20,900,000 so'm

To'lov miqdori (sirtqi shakl): 14,300,000 so'm

To'lovni bir martada 100% amalga oshirganda 1,1 mln chegirma qilinadi. 

Pedagogika-psixologiya fakulteti bakalavr darajasidagi pedagog psixologlarni tayyorlaydi. Pedagog-psixologlar o‘quvchi-yoshlarni milliy qadriyatlarimiz, madaniy va adabiy urf odatlarimizga muvofiq har tomonlama yetuk bo‘lib ulg‘ayishlari uchun muhim rol o‘ynaydilar. Bu fakultetda talabalar o‘quvchilarning ijtimoiy va psixologik ahvolidan kelib chiqib tarbiyalashga, ularning kuch va bilimlarini to‘g‘ri yo‘naltirish bo‘yicha yetuk mutaxassislardan taʼlim olishadi.

Ular inson ongining rivojlanishiga va unga taʼsir o‘tkazishga xizmat qiluvchi ijtimoiy-gumanitar va tabiiy fanlarni mukammal o‘zlashtirib borishadi, xususan iqtidorli bolalardan tortib tarbiyasi og‘ir bolalar bilan ishlash sirlarini o‘rganishadi, o‘tilgan mavzularni birinchi kursdanoq amaliyotda sinashni boshlashadi.

Shuningdek, har bir taʼlim muassasida ijobiy psixologik muhitni yaratish, mavjud muhitni yaxshilash va o‘quvchilar ongida maksimal ijobiy fikrlashni o‘stirish borasida sohaning yetuk mutaxassislaridan master-klass ko‘rinishidagi saboqlarni olib borishadi.
To‘rtinchi kursni bitirib chiqayotgan talabalar quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishadi:

Fan bo‘yicha yetarli malakaga ega bo‘lishadi, o‘quvchilarda yuzaga keladigan psixologik jarayonlarni tahlil qilish va ularga psixologik yechim topish;

O‘qituvchi-o‘quvchi, o‘quvchi-o‘quvchi va o‘qituvchi-ota-ona o‘rtasidagi munosabatlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, og‘riqli va muammoli vaziyatlarni hal qilish;

O‘quvchilarda o‘qishga bo‘lgan qiziqishni orttirish, fanlarni o‘zlashtirishda orqada qolayotgan o‘quvchilar bilan ishlash, iqtidorli o‘quvchilarni yo‘naltirish malakasi;

Sinflarda o‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini tahlil qilish, ularni yana-da yaxshilash bo‘yicha yo‘l xaritalarini ishlab chiqish;