Maktab menejmenti fakulteti haqida

Maktab ta’lim sifatini oshirish, tarkibni loyihalash, ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etishni boshqarish bo’yicha mutaxassislarni tayyorlaydi.

Ta'lim turi: Kunduzgi

Ta'lim tili: Rus va o'zbek

To'lov miqdori: 23,100,000

To'lovni bir martada 100% amalga oshirganda 1,1 mln chegirma qilinadi. 

 


Bu fakultetda talabalar kichik o‘quv markazlaridan tortib katta universitetlarning faoliyatini yo‘lga qo‘yish, uni tizimli boshqarish, marketing, biznes reja, biznes strategiya tuzish usullari, ularni amaliyotda qo‘llash tajribalarini o‘rganib borishadi. Talabalar prezentatsiya qilish, notiqlik sanʼati, reklama va eʼlonlarning matnlarini mukammal yozish sirlarini ham o‘zlashtirib borishadi.

To‘rt yil davomida aʼlo baholarga o‘qigan talabalar yangi taʼlim muassasining boshqaruvchi lavozimida o‘z ish faoliyatlarini boshlaydilar. Talabalar birinchi kursdan boshqaruv amaliyotini olib borishadi. Shuningdek, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar yaratish, ularni zamon talabiga moslab borish bilimlarini ham chuqur o‘zlashtiradilar.

Darslarni aynan taʼlimni boshqarish va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqish, ularni zamonaviy taʼlimga tadbiq etish bo‘yicha yuqori bilim va tajribaga ega mutaxassislar olib borishadi.