Tarmoqlar va sohalar bo‘yicha turizm mutaxassislarini tayyorlaydi.
Ta'lim turi: Kunduzgi, sirtqi va kechki
Ta'lim tili: O‘zbek va rus
To‘lov miqdori (kunduzgi shakl): 24,100,000 so‘m
To‘lov miqdori (sirtqi shakl): 15,100,000 so‘m
To‘lov miqdori (kechki shakl): 23,100,000 so‘m
Qabul shakli: Imtihon (test) asosida (Geografiya – 20 ta, tarix -10 ta, mantiq– 5 ta)
To‘lovni bir martada 100% amalga oshirganda umumiy miqdordan 10% chegirma qilinadi.
Turizm yo‘nalishi – fan va turizm sohasidagi ta’lim yo‘nalishi bo’lib, turizm sohasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tashkil etishning huquqiy-me’yoriy asoslarini takomillashtirish, turistik korxonalarda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, rejalashtirish, tashkiliy boshqaruv tarkibini shakllantirish, biznes strategiyasini tahlil qilish, mahsulot va xizmatlarni reklama qilish, marketing tadqiqotlarini o‘zlashtirish, turizm korxonalarida xizmat ko‘rsatish faoliyatini tashkil etish, turizm korxonlari faoliyatini boshqarish, raqobatbardoshlik holatini tahlil qilish, turizm korxonalari dasturlarini tuzish, turli mulkchilik shaklidagi turistik va xizmat ko‘rsatish korxonalari faoliyatini rivojlantirishga, istiqbolini belgilashga, kasbiy ko‘nikmaga, mutasaddilik qobiliyatiga yo‘naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublari bilan bog’liq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.
Ushbu yo‘nalish bitiruvchilarining kasbiy faoliyat turlari:
Turizm yo‘nalishida talabalarga mehmonxona va boshqa turizm korxonalarida xodimlar faoliyatini boshqarish, turizm tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish, gid-ekskursiya xizmatlarini tashkil etish, xalqaro turizm, turistik marshrutlarni ishlab chiqish, tashkil qilish, o‘tkazish, restoran biznesini tashkil etish kabi bilimlar o‘rgatiladi.