"PROFI UNIVERSITY" ga hujjat topshirgan abiturientlar uchun motiviatsion savollar

  1. Nega aynan bizning universitetimiz talabasi boʻlishni istayapsiz?
  2. Sizning fikringizcha bizning universitetimiz boshqa oliy ta'lim muassasalaridan nimasi bilan farq qiladi?
  3. Oliy ta'lim muassasasida oʻqishni tanlashda siz ushun muhim boʻlgan beshta asosiy sababni keltirib bering.
  4. Nega aynan pedagogika yoʻnalishidagi universitetni tanladingiz?
  5. Nega aynan shu yoʻnalishida oʻqishni tanladingiz?
  6. Nega aynan xususiy oliy ta'lim muassasasi talabasi boʻlishni tanladingiz?
  7. Bizning OTM xaqida qanday ma'lumotlarga egasiz?
  8. Nega aynan sizni bizning universitetga oʻqishga qabul qilishimiz kerak?
  9. Akademik bilimlarga ega boʻlish va kar'erangizni rivojlantirish boʻyicha aniq rejalaringizni bayon qiling.
  10. Sizning maqsadlaringizni amalga oshrishda bizning universitet va uning oʻquv dasturlari qanday yordam bera oladi?
  11. Mabodo bizning universitet talabasi baxtiga musharraf boʻlsangiz , universitetimiz rivojlanishi uchun qanday g'oyalar taklif etgan boʻar edingiz?
  12. Bizning universitet madaniyatiga oʻzingizning qanday ulushingizni qoʻsha olasiz?
  13. Hayotingizda shu kungacha erishgan qanaqa natijalar bilan magʻrurlana olasiz?
  14. 10 yildan soʻng oʻzingizni va hayotingizni qanday tasavvur qilasiz?
  15. Kelajakda kim boʻlib mehnat faoliyatingizni davom ettirmoqchisiz?
  16. Nega aynan shu kasbni tanladingiz?
  17. Sizning fikringizcha pedagogika yoʻnalishidagi kasblarining ajralib turadigan jihatlari nimalardan iborat?
  18. Tanlagan yoʻnalishingiz boʻyicha kar'erangizni shakllanishini qanday tasavvur qilasiz?
  19. Bizning universitetimiz kar'erangizni shakllanishida qanday ta'sir koʻrsatadi?
  20. Nega aynan pedagog kasbini tanladingiz?
  21. Bizning universitetimiz talabasi boʻlganingizdan soʻng qanday ishlarni amalga oshirmoqchisiz?
  22. Ilgari qayerda oʻqigansiz?
  23. Ilgari oʻqigan ta'lim muassasalaringiz sizning shakklanishingizda qanday oʻrin tutadi va ulardan qanday bilim , koʻnikmalar oʻrgangansiz?
  24. Tanlagan yoʻnalishingiz boʻyicha ma'lumotlarga egamisiz? Shu mavzuda qisqacha ma'lumot bering.
  25. Tanlagan yoʻnalishingiz boʻyicha mehmat tajribasiga egamisiz? Shu mavzuda qisqacha ma'lumot bering.
  26. Hayotingiz davomida erishgan muvaffaqiyatlaringiz bormi? Ular haqida ma'lumot bera olasizmi?
  27. Bizning universitetimiz sizning qiziqishlaringizni rivojlanishida qanday yordam berishi mumkin?
  28. Shu kungacha erishgan muvaffaqiyatlaringizdan eng asosiysi bormi? U xaqida ma'lumot
  29. Oʻqishdan tashqari nimalarga qiziqasiz va yaqin kunlarida nimalar bilan shugʻullanishni rejalashtirmoqchisiz?
  30. Bizning OTM ga kirishga tayyorgarlik koʻrdingizmi?
  31. Bizning OTM tarixi xaqida ma'lumotga egasizmi?
  32. Boʻlajak kasbingizni qanday tasavvur qilasiz?
  33. Ta'lim olishni davom ettirishni rajalashtirganmisiz ? Oʻzingizni kelajakda, 5-10 yillardan soʻng qanday tasavvur qilasiz?
  34. OTM da oʻqish davrida yana qanday qoʻshimcha mashgʻulotlar bilan shugʻullanishni rejalashtirgansiz?
  35. Boʻsh vaqtlaringizda nimalar bilan shugʻullanasiz? Sport bilan shugʻullanasizmi?
  36. Bizning universitet xaqida qayerdan ma'lumot oldingiz? Nega aynan bizning ta'lim muassasamizda ta'lim olishga qaror qildingiz?
  37. Sizning fikringizcha, pedagog bolalarga boʻlgan mehrdan tashqari , yana qanday emotsional hususiyatlarga ega boʻlishi kerak ?
  38. Birinchi o ʻqituvchingizni eslay olasizmi ? Ularning qanday kasbiy va emotsional hususiyatlari sizda taassurot qoldirgan?
  39. Tanlagan oʻquv jarayoni tugaganidan soʻng yana bilim olishni rejalashtirayapsizmi ?
  40. Vaqt oʻtishi bilan bolalarga bilim va ta'lim berishga qiziqishingiz pasayishi mumkinmi? Bu fikrga nima deysiz?