Yangiliklar

Imtihon

2022-2023-o'quv yili uchun Profi Universityga kirish imtihonlari 2 bosqichdan iborat bo'ladi:

1. Test

Yo'nalishlar uchun tasdiqlangan 2 ta asosiy umumfan asosida tayyorlangan jami 30 ta test savollari. Har bir savolga 2,5 ball beriladi. Umumiy natija 75 ballni tashkil etadi.

2. Yozma (motivation letter).

Talabgorlarning kasbga bo'lgan qobiliyati va ruhiyatini o'rganish uchun bir necha savollar asosida o'tkaziladigan yozma nazorat. Umumiy 25 ball bilan baholanadi. 

✅ Imtihon o'tkaziladigan fanlar:

1. Boshlang'ich ta'lim - Ona tili va adabiyoti, Matematika

2. Maktabgacha ta'lim - Ona tili va adabiyoti, Biologiya

3. Pedagogika-psixologiya - Ona tili va adabiyoti, Biologiya

4. Rus tili - Rus tili va adabiyoti, Ingliz tili

5. Ingliz  - Ona tili va adabiyoti, Ingliz tili

6. Maktab menejmenti - Matematika, Chet tili

Natijalar belgilangan kvotalar asosida aniqlanadi. Kvotalar bilan 👉 bu yerda tanishishingiz mumkin.