▪️Universitet ma'muriyati shuni e'lon qiladiki, endilikda Profi University 2-kurs 1-semestr kunduzgi ta'lim shakliga xorijiy yoki yurtimiz oliy ta'lim muassasalaridan o'qishingizni ko'chirishingiz mumkin.
O'qishni ko'chirish uchun avvalambor talaba profiuniversity.uz sayti orqali ro'yxatdan o'tadi va imtihonda ishtirok etadi.
Imtihondan o'tgach esa talaba o'z hujjatlarini taqdim qilishi lozim.
❓Qanday hujjatlar talab etiladi?
1. Talaba shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
2. O'qishni ko'chirmoqchi bo'lgan oliygohdan ko'chirayotgan semestrni yakunlaganligi haqidagi transkript;
3. To'rt dona 3×4 talaba rasmi.
❗️Eslatma: hujjatlarni talabaning shaxsan o'zi taqdim etishi lozim.
✔️Hujjatlarni topshirib, imtihonda qatnashgandan so'ng, dastlabki ikkita shartnoma tuziladi. Birinchi shartnomaga ko‘ra, talaba universitet hisobiga 2 million so‘m o‘tkazishi kerak (bu to‘lov ta’limni ko‘chirish xizmati uchun to‘lov hisoblanadi), ikkinchi shartnoma esa ta’lim uchun.