Endilikda Profi Universityda o‘quv dasturidan tashqari «Karyera Xizmati» loyihasi doirasida «Shaxsiy rivojlanish» kursi yo‘lga qo‘yildi.
Bu kursda nimalar o‘rgatiladi?
- Rezyume yaratish va ish beruvchilarga o‘zini chiroyli tanishtira olish;
- Vakansiya saytlari bilan to‘g‘ri ishlash;
- Ish beruvchilar bilan suhbatlashish qoidalari;
- Xodim imidji;
- Ofis dasturlari bilan ishlash amaliyoti;
- Talabalarni ishga joylashtirish jarayonini tashkil etish va boshqa mavzular.
Kurs bitiruvchilariga maxsus sertifikat ham taqdim etiladi!
Mazkur o‘quv kursi ishtirokchilarning portfoliolari dars jarayonida «Karyera Xizmati» platformasiga ham joylab boriladi.
Eng muhimi ushbu kurs talabalarimiz uchun mutlaqo bepul. Kursga yozilmoqchi bo‘lgan talabalar o‘z koordinatorlariga bog‘lanishlari mumkin.