“Profi University”dagi faoliyatim davomida bir nechta mas'uliyatli lavozimlarda ishlash nasib etdi. Jumladan, universitetning “Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi”, NTMda yo‘nalish koordinatori, sotuv va reklama bo‘limida tashqi reklama bo‘yicha mas'ul xodim hamda “Profi Dormitory” talabalar turar joyi direktori sifatida faoliyat yuritdim. Bu jarayonda jamoa bilan ishlash, yoshlar bilan muloqot qilish, tashkiliy ishlarda faollik ko‘rsatish va universitet hayotiga hissa qo‘shish men uchun katta tajriba maktabi bo‘ldi.