Manzili

Toshkent sh., Bektemir t., Husayn Boyqaro k., 117

Murojaat

78 777 11 11

E-mail

info@profiuniversity.uz


Ro'yxatdan o'tish

OMMAVIY OFERTA SHARTNOMASI

"Profi University" ga kirish uchun imtihon xizmatlarini ko'rsatish toʻgʻrisida

Toshkent va Navoiy shahri

MCHJ “Profi University” oliy ta’lim muassasasi (keyingi o‘rinlarda – Universitet) nomidan Nizom va 2022-yil 16-iyuldagi 1-sonli ishonchnoma asosida ish yurituvchi rektor Shoumarov Gʻayrat Baxromovich , mazkur ommaviy oferta shartnomasida (keyingi o‘rinlarda – shartnoma) koʻrsatilgan shartlar asosida har qanday shaxs bilan "Profi University" oliy ta'lim muassasasiga o'qishga kirish uchun imtihon (keyingi o‘rinlarda – Imtihon) oʻtkazish toʻgʻrisida shartnoma tuzishni taklif qiladi. Shartnoma tuzilgan shaxs bundan keyin “imtihon topshiruvchi” deb yuritiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 369-moddasi 2-qismiga muvofiq, ushbu oferta ommaviy oferta hisoblanadi va internet tarmogʻida https://profiuniversity.uz/ rasmiy veb-saytida va telegramdagi @profiuniversity_bot ga joylashtirilgan paytdan boshlab kuchga kiradi.


1. Shartnomaning predmeti

1.1. Universitet imtihon xizmatlarini koʻrsatishni oʻz zimmasiga oladi, uning natijalari boʻyicha Universitetga oʻqishga kirish imkoniyati aniqlanadi.

1.2. Ushbu shartnomani tuzish uchun imtihon topshiruvchi Universitetga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:

● Ariza;

● Shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasi.

1.3. Universitet o‘z xohishiga ko‘ra istalgan vaqtda oferta shartlarini o‘zgartirishi yoki uni bekor qilishi mumkin.


2. Universitetning majburiyatlari va huquqlari

2.1. Universitet majburiyatlari:

2.1.1. Imtihon sanasi, joyi va vaqti haqida imtihon sanasidan kamida 3 kun oldin xabardor qilish.
2.1.2. Imtihonni belgilangan tartibda tashkil etish va natijalarni e'lon qilish.
2.1.3. Imtihon natijalari haqida belgilangan muddatda xabar berish.
2.1.4. Imtihon bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha konsultatsiya berish.

2.2. Universitet quyidagi huquqlarga ega:

2.2.1. Belgilangan vaqtda kechikib kelgan yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjat taqdim etmagan imtihon topshiruvchini imtihonga kiritmaslik.
2.2.2. Imtihon sanasi, joyi va vaqtini (Toshkent shahri doirasida) o‘zgartirish, bu haqda kamida 3 kun oldin xabar berish.


3. Imtihon topshiruvchining majburiyatlari va huquqlari

3.1. Imtihon topshiruvchining majburiyatlari:

3.1.1. Ushbu shartnoma va imtihon qoidalari bilan tanishish.
3.1.2. Imtihonga belgilangan kunda va vaqtda kelish.
3.1.3. Imtihonni topshirishga ta’sir qiluvchi omillar mavjud bo‘lsa, imtihondan 3 kun oldin Universitetni xabardor qilish.
3.1.4. Imtihon qoidalariga rioya qilish.

3.2. Imtihon topshiruvchining huquqlari:

3.2.1. Universitetdan shartnomani uning shartlariga muvofiq bajarishni talab qilish.
3.2.2. Agar Universitet aybi bilan imtihonda qatnasha olmasa, boshqa sanaga ko‘chirish yoki bekor qilish imkoniyatiga ega bo‘lish.


4. Tomonlarning javobgarligi va nizolarni hal qilish tartibi

4.1. Tomonlar shartnomada belgilangan majburiyatlarni bajarmaganliklari uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgar bo‘ladilar.

4.2. Shartnoma bo‘yicha kelib chiqadigan barcha nizolar va kelishmovchiliklar o‘zaro muzokaralar orqali hal qilinadi. Agar tomonlar kelisha olmasa, nizolar Toshkent shahar sudlari orqali hal etiladi.


5. Shartnomaning amal qilish muddati

5.1. Ushbu shartnoma imtihon topshiruvchi tomonidan tasdiqlangan kundan boshlab kuchga kiradi va tomonlar o‘z majburiyatlarini to‘liq bajarguncha amal qiladi.


6. Fors-major holatlari

6.1. Tomonlar o‘z majburiyatlarini bajarishda yong‘in, tabiiy ofatlar, urush, epidemiya kabi favqulodda vaziyatlar tufayli kechikish yoki bajarilmaslik uchun javobgarlikdan ozod qilinadilar.


Manzillar va rekvizitlar:

Manzil: Toshkent sh., Mirobod t., Abu Sulaymon Banokatiy 17
Telefon: 78-777-11-11
E-mail: info@profiuniversity.uz
Rektor: Shoumarov Gʻayrat Baxromovich


Ilova №1

Imtihon tartibi (batafsil)

1.1. Imtihonga kirish uchun tasdiqlovchi hujjat
Imtihon topshiruvchi shaxs (talaba) imtihon davomida o‘zini aniqlash uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport, ID karta yoki shunga o‘xshash hujjat)ni o‘zi bilan olib kelishi kerak. Hujjatning asl nusxasi bo‘lishi shart. Agar talaba hujjatni olib kelmasa, imtihonga kirish imkoniyati bo‘lmasligi mumkin.

1.2. Imtihon qoidalariga rioya qilish
Imtihon topshiruvchi talabalar imtihon jarayonida Universitet tomonidan belgilangan barcha qoidalarga amal qilishlari lozim. Bu qoidalar quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin:

● Imtihon topshirish joyiga va vaqti bilan kelish,

● Imtihon davomida faqat belgilangan materiallarni (dastur, kalkulyator, yozuvlar va boshqalar) foydalanish,

● Telefon yoki boshqa aloqa vositalarini o‘chirib qo‘yish,

● So‘rov yoki yordam uchun imtihon ruxsat etilgan vaqtida murojaat qilish,

● Imtihon topshirishda adolatli bo‘lish va plagiat yoki boshqa noqonuniy usullardan foydalanmaslik.

1.3. Natijaga ta’sir qiluvchi omillar
Agar imtihon topshiruvchi talabaning imtihon natijalariga ta’sir qiluvchi omillar yuzaga kelsa (masalan, salomatlik holati, tashqi muhit sharoitlari, texnik muammolar va boshqalar), talabalar buning haqida darhol Universitet vakillariga yozma ravishda xabar berishlari kerak. Yozma xabar imtihon davomida yuzaga kelgan holatni va uning natijalarga qanday ta’sir qilganini tushuntirishi lozim. Bu holatda, Universitet talabaga qo‘shimcha vaqt yoki imtihonni qayta topshirish imkoniyatini berishi mumkin.

Ushbu qoidalar imtihon jarayonining shaffofligini va adolatli bo‘lishini ta’minlashga yordam beradi.