Profi Universityda o‘quv dasturidan tashqari "Karyera xizmati" loyihasi doirasida "Shaxsiy rivojlanish" kursi yo‘lga qo‘yilgan.
Bu kursda nimalar o‘rgatiladi?
- Rezyume yaratish va ish beruvchilarga o‘zini chiroyli tanishtira olish;
- Vakansiya saytlari bilan to‘g‘ri ishlash;
- Ish beruvchilar bilan suhbatlashish qoidalari;
- Ofis dasturlari bilan ishlash amaliyoti;
- Talabalarni ishga joylashtirish jarayonini tashkil etish va boshqa mavzular.
- Kurs bitiruvchilariga maxsus sertifikat ham taqdim etiladi!
- Mazkur o‘quv kursi ishtirokchilarning portfoliolari dars jarayonida "Karyera xizmati" platformasiga ham joylab boriladi.
- Eng muhimi ushbu kurs talabalarimiz uchun mutlaqo bepul.