Men mas'uliyatli,izlanuvchan,kommunikativ, empatiyali va yangilikka ochiq insonman. Har qanday vaziyatda muvozanatni saqlay olish, jamoada ishlash va mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarim rivojlangan. Psixologiya sohasini o‘rganishga juda qiziqaman va har doim o‘z ustimda ishlashga intilaman.Xozirgi kunda Psixologlar assotsiatsiyasi va Kognitiv-bixevioral psixoterapiya assotsiatsiyasi a’zosiman. Kasbiy faoliyatimda ilmiy asoslangan yondashuv, zamonaviy pedagogika va neyropsixologik texnologiyalarni birlashtirishga alohida e’tibor qarataman. Shuningdek, autizm spektri buzilishi bo‘lgan bolalar, xulqi og‘ishgan o‘smirlar va ularning ota-onalari bilan ishlash bo‘yicha ijtimoiy loyihalarda faol qatnashish istagidaman. O‘z bilimim va tajribamni boshqalar bilan bo‘lishishni qadrlayman.