O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 24-martdagi “2024-yilda qo‘shimcha o‘tkaziladigan xalqaro va Respublika miqyosidagi ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar to‘g‘risida”gi 76-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida 2024-yilning 22-23-noyabr kunlari “Ta’lim tizimini takomillashtirishda ilg‘or xalqaro tajribalar” mavzusida Xalqaro miqyosidagi ilmiy-texnik anjumani o‘tkaziladi Konferensiya maqsadi: xalqaro ekspertlar, akademik hamjamiyatlar, amaliyotchi o‘qituvchilar va davlat organlari o‘rtasida ta’lim sohasida tajriba, g‘oyalar va ilg‘or tajriba almashish uchun platforma yaratish. Biz ta’limga innovatsion yondashuvlarni ilgari surish va ta’lim sifatini global miqyosda yaxshilashga hissa qo‘shadigan ilg‘or tajribalarni o‘rganish tarafdorimiz.