+998 78 777 11 11
Hujjat topshirish

Profi University

Ertangi kun yetakchilarini tayyorlaymiz

Profi University zamonaviy ta'lim, kuchli professor-o'qituvchilar tarkibi va xalqaro imkoniyatlarni birlashtirib, o'zgaruvchan dunyoga tayyor mutaxassislarni yetishtiradi.

Hikoyani o'qish
Profi University kampusi

Profi University

Profi University

Profi University — Think out of the box!

Bir paytlar uchta xonadan iborat kichik bir o‘quv markazi sifatida tashkil qilingan “Profi Education” hozirga kelib xususiy bog‘cha, maktablar, o‘quv markazlari tarmog‘iga aylandi. 2021-yil dekabr oyida kompaniya yangi marra — universitet tashkil etishga erishdi. Aslida o‘sha vaqtda maqsad yangi maktabgacha ta’lim muassasalari va maktablar tashkil etish uchun kadrlar tayyorlash masalasi edi. Ammo bugun universitetning maqsadi tor doirada emas, milliy manfaatlar darajasiga ko‘tarilgan.

Oradan bir yil o‘tib, “Profi University”ning litsenziyasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan qayta yangilandi. Endilikda universitet ikki shaharda — Toshkent va Navoiy shaharlarida faoliyat olib bormoqda. O‘z yo‘nalishlarini esa yana yangi sohalar bilan ham to‘ldirdi. Bu esa “Profi University”ning oliy maqsadini amalga oshirishni boshlash uchun tamal toshi bo‘lib xizmat qildi.

Bizning maqsadimiz

Nima uchun ishlayapmiz

Bizni aniq maqsad — ta'lim berish, innovatsiyalarni joriy etish va jamiyatimizga xizmat qilish — harakatga keltiradi.

Bizning missiya

Bizning missiya

Bizning missiya

Profi Universityning oliy maqsadi — ta’lim orqali har tomonlama tanqidiy fikrlay oladigan, o‘z bilimi va salohiyati bilan o‘zining hamda atrofdagilarining hayotini yaxshilay oladigan professional kadrlarni tayyorlashdir

Asosiy Qadriyatlar

Asosiy Qadriyatlar

Hurmat, halollik, doimiy o‘sish va ijodkorlik asosida bugun harakat qilib, kelajakni barpo etamiz.

  • Hurmat
  • O‘zingga qilganday qil
  • O‘sish va o‘rganish harakatida bo‘l
  • Sabrli bo‘l
  • Xato qilishdan qo‘rqma
  • Hozir yasha kelajakni qur
  • So‘ra o‘rgan o‘rgat qaytar
  • Mukammallik ortidan quv pul sening ortingdan quvadi
  • Faqat haqqoniy g‘alaba
  • Kamtar va ijodkor bo‘l
  • Yaxshiyamborsan
Asosiy Qadriyatlar

Hamkorlik orqali rivojlanish

Biz dunyoning yetakchi tashkilotlari va universitetlari bilan hamkorlik qilamiz.

Hamkorlarni ko'rish