+998 78 777 11 11
Hujjat topshirish
Jamoaga qaytish
Kenjayev Shahzod Yangiboyevich

Kenjayev Shahzod Yangiboyevich

Axborot tizimlari va texnologiyalari fakulteti dekani

Kenjayev Shahzod Yangiboyevich — Profi University axborot tizimlari va texnologiyalari fakulteti dekani, DevOps, kiberxavfsizlik va dasturiy ta’minot ishlab chiqish sohasidagi mutaxassis. IT sohasida 10+ yillik amaliy tajriba; 27+ loyiha muallifi va rahbari.

Fakultet dekani sifatida axborot tizimlari va texnologiyalari yo‘nalishlaridagi o‘quv jarayoni, ta’lim dasturlarini rivojlantirish, IT kadrlar tayyorlash va fakultet kafedralarining sanoat bilan hamkorligi uchun mas’ul.

Kasbiy yo‘nalishi: xavfsiz DevOps, tarmoq xavfsizligi, ma’lumotlar sizib chiqishining oldini olish tizimlari (DLP), Linux/Ubuntu administratsiyasi, infratuzilma kod sifatida (Terraform, Ansible), CI/CD va bulut platformalari. KLCP (Kali Linux Certified Professional) sertifikatiga ega.

Ta’lim: bakalavr — Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU); magistr va doktorant — O‘zbekiston Milliy universiteti (O‘zMU). Ilmiy-amaliy qiziqishlari — kompyuter tarmoqlarida maxfiy axborot harakatini nazorat qilish va raqamli infratuzilmani himoya qilish.

Loyihalar va malakalar haqida batafsil: kenjayev.uz.