+998 78 777 11 11
Hujjat topshirish

Profi University

Savol-javob

Qabul, o‘qish va universitet hayoti bo‘yicha tez-tez beriladigan savollarga javoblar.

Yordam

Ko‘p beriladigan savollar

Kerakli javobni topa olmasangiz, aloqa sahifasi orqali murojaat qiling.

  • 2025-2026-o'quv yili uchun "Profi University"ga talabalar test asosida qabul qilinadi.

    ※ Imtihon sanalari va vaqtlari abituriyentlarning soniga qarab, o’zgarishi mumkin. O’zgarishlardan xabardor bo’lish uchun Universitet veb-sahifasi va ijtimoiy tarmoq sahifalarini doimiy tekshirib turishni unutmang. 

  • 5 ish kuni ichida kirish imtihonining yakuniy natijalari hisoblanadi va har bir abituriyentning ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqamiga SMS orqali yuboriladi.

  • Kirish imtihoniga ro‘yxatdan o‘tish uchun faqat pasport ma’lumotlari talab qilinadi.

  • 1 Abituriyent universitetning rasmiy sayti orqali onlayn ariza topshiradi https://profiuniversity.uz
    2 Ikki fan bo‘yicha kirish imtihonini topshiradi
    3 Qabul qilingan taqdirda talaba shartnoma olish uchun keladi
    4 Yetarli ball to‘play olmagan abituriyent imtihonni qayta topshirishi mumkin

  • Ha, qabul jarayoni yakunlangandan so‘ng abituriyentlar to‘lov shartnomasini olish uchun quyidagi hujjatlarning asl nusxalarini universitetga topshirishlari kerak:

    – Pasport yoki ID karta
    – Kollej/litsey diplomi yoki maktab attestatining asl nusxasi

  • Yo’q, talabalikka tavsiya etilgan o'quvchilardan hujjatlarning asl nusxasini shaxsan o’zlari olib kelishlari so’raladi.

  • "Profi University"da ta'lim tili sifatida o'zbek yoki rus tilini tanlashingiz mumkin.

  • Ha. Profi University bitiruvchilari davlat OTM lari bilan bir xil darajadagi diplomga ega bo'ladilar.

  • Yo’q. Agar siz davlat va nodavlat tashkilotlarida ishlashni xohlasangiz, diplomni nostrifikatsiya qilish talab etilmaydi.

  • Ha, albatta. Univeritet ma'muriyati transferni amalga oshirish uchun arizalarni ko'rib chiqishi mumkin. Shu bilan birga, har bir abituriyent - talaba o’qishni ko'chirish bilan bog'liq talablarga javob berishi kerak.

  • "Profi University" talabalari o'z tahsillarini boshqa OTM larga ko'chirish imkoniyatiga ega. Ko'chirish jarayoni Oliy ta'lim vazirligi tasdiqlagan joriy nizom asosida amalga oshiriladi.

  • "Profi University" bitiruvchilari o’zlarining yuqori malakasi va xorijiy tillardagi bilim darajasi bilan chet el mamlakatlaridagi kompaniyalarda ishlashi mumkin. Biroq universitet o'z kuchini O'zbekiston iqtisodiyoti uchun kuchli malakali mutaxassislarni tayyorlashga yo'naltiradi va talabalarni chet davlatlarda ishlashga unday olmaydi. Oliy ma'lumotli hamda professional kadrlarga doimo talab katta va o'z mamlakatlaridan chiqmagan holda yuqori maoshli ishlarda ishlashlari mumkin.

  • Ha, albatta. Siz xalqaro talaba sifatida hujjat topshirishingiz mumkin. Biroq qabul jarayoni mahalliy abituriyentlarniki bilan bir tartibda amalga oshiriladi. 

  • "Profi University" talabalarning yoshlari chegarasi borasidagi diskriminatsiyaga mutlaqo qarshi. Ta’lim sohasidagi qonunchilikka ko’ra, har bir inson yoshidan, jinsidan va etnik kelib chiqishidan qat’i nazar, oliy ta'lim muassasalarida tahsil olishi mumkin, shuningdek, OTM larda barcha talabalarga bir xil munosabatda bo’lish kafolatlanadi.

  • Birinchi kurs talabalari uchun o‘quv jarayoni 2026-yil 9-sentabrdan boshlanadi.
  • Quyidagi sertifikatlardan biri mavjud bo'lsa, imtihon topshirmasdan maksimal ball olishingiz mumkin:

    Chet tili: IELTS (5.0 va undan yuqori) yoki CEFR (B1 va undan yuqori) sertifikati ingliz tili imtihonidan ozod etilish va maksimal ball olish huquqini beradi.

    Milliy sertifikat: Fan bo'yicha milliy sertifikatga ega bo'lgan (60% va undan yuqori natija bilan) abituriyent test sinovlaridan ozod qilinadi va unga ushbu fan bo'yicha maksimal ball beriladi.