+998 78 777 11 11
Hujjat topshirish
Jamoaga qaytish
Karimova Gavxar Kudratillayevna

Karimova Gavxar Kudratillayevna

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar prorektori, Pedagogika va psixologiya fakulteti dekani

Karimova Gavhar Kudratillayevna — Profi University yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar prorektori, shuningdek Pedagogika va psixologiya fakulteti dekani, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.

Universitetda yoshlar siyosati, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni boshqaradi, talabalarning darsdan tashqari faoliyatini hamda jamoat tuzilmalari bilan hamkorlikni tashkil etadi.

Pedagogika va psixologiya fakulteti dekani sifatida fakultet o‘quv jarayoni, ta’lim dasturlarini rivojlantirish, pedagogik kadrlar tayyorlash sifati va kafedralarning uslubiy ta’minoti uchun mas’ul.

Ilmiy qiziqishlari pedagogika nazariyasi hamda shaxsga yo‘naltirilgan ta’limda pedagogik monitoringni takomillashtirish bilan bog‘liq. Pedagogika bo‘yicha ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlar muallifi; universitetda ta’lim sifatini oshirishga faol hissa qo‘shadi.