+998 78 777 11 11
Hujjat topshirish
Barcha konferensiyalar

Profi University

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 16-yanvardagi 11-sonli buyrugʻiga muvofiq 2026-yil 29-30-oktabr kunlari “Profi University” tomonidan “Oila institutining ijtimoiy-psixologik muammolari” mavzusida xalqaro miqyosda ilmiy anjuman oʻtkazildi

29-oktabr, 2026 – 30-oktabr, 2026 · 10:00:00 – 13:05:00Toshkent sh., Bektemir t., Husayn Boyqaro k., 117 uy, Profi University  Bosh binosi majlislar zali
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 16-yanvardagi 11-sonli buyrugʻiga muvofiq 2026-yil 29-30-oktabr kunlari “Profi University” tomonidan “Oila institutining ijtimoiy-psixologik muammolari” mavzusida xalqaro miqyosda ilmiy anjuman oʻtkazildi

Tadbir haqida

Konferensiyaning maqsadi oila institutining ijtimoiy-psixologik rivojlanishiga oid dolzarb muammolarni global tendensiyalar nuqtai nazaridan ilmiy tahlil qilish, innovatsion yondashuvlar va ilgʻor xalqaro tajribalar asosida barqaror oilaviy taraqqiyotga xizmat qiluvchi ilmiy-amaliy yechimlarni ishlab chiqishdan iborat.

Konferensiya quyidagi yoʻnalishlarda ish olib bordi:

1. Zamonaviy oiladagi munosabatlarning ijtimoiy-psixologik transformatsiyasi.

2. Oilaviy inqirozlar, nizolar va ularni bartaraf etishning psixologik mexanizmlari.

3. Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashning ijtimoiy-psixologik omillari.

4. Zamonaviy oilada tarbiyaning psixologik xususiyatlari va avlodlararo muloqot.

5. Maxsus ehtiyojli va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga psixologik yordam koʻrsatish.

6. Oilaviy psixologik xizmat va konsultatsiyaning zamonaviy texnologiyalari.

7. Zamonaviy oʻzbek oilasi modelining psixologik tavsifi.

8. Oila institutini mustahkamlashda jinsiy tarbiyaning oʻrni.

Galereya