
23-noyabr kuni universitetimizda Psixologlar kuni iliq va samimiy muhitda nishonlandi.
Tadbirga oliy toifali psixolog, "AZIZAM" markazi asoschisi, BMT konsultanti va "Shukronalik mo'jizalari" bestsellerlari muallifi Azizaxon Tashxodjayeva mehmon bo'lib keldi.
Tadbirda talabalar o'z chiqishlari bilan qatnashdi, ustozlarga minnatdorlik bildirildi. Qiziqarli o'yinlar, treninglar va jonli suhbatlar barchaga yaxshi kayfiyat ulashdi.
Psixolog — insonlarni tinglaydigan, tushunadigan va ularga yo'l ko'rsatadigan kasb egasi.
Barcha psixologlarni va bo'lajak mutaxassislarimizni bayram bilan chin dildan tabriklaymiz!
Tadbirni tashkil qilgan ustozlarimizga katta rahmat!
Sizni qiziqtirishi mumkin bo‘lgan boshqa maqolalar.
🇺🇿 1991-yil 18-noyabrda O‘zbekiston Respublikasining davlat ramzlaridan biri — Davlat bayrog‘i qabul…
BatafsilTalabalik — inson hayotidagi eng yorqin, eng serma’no va eng unutilmas davr. Bu yillar davomida siz nafaqat…
BatafsilProfi University 2-kurs talabalari o’rtasida voleybol musobaqasi o’tkazildi! Maydonda kuchli o’yinlar,…
Batafsil