Jamoaga qaytish
BAXTIYOROV SHOHRO‘Z ISOMIDDINOVICH
O‘quv-uslubiy boshqarma bosh mutaxassisi
BAXTIYOROV SHOHRO‘Z ISOMIDDINOVICH
O‘quv-uslubiy boshqarma bosh mutaxassisi
Bakhtiyorov Shohro‘z Isomiddinovich — oliy ta’lim tizimida o‘quv jarayonlarini tashkil etish, akademik boshqaruv va ta’lim faoliyatini muvofiqlashtirish yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan mutaxassis.
Ta’limi
2018–2022-yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari milliy tadqiqot universitetida «Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish» yo‘nalishida tahsil olgan. Hozirda International Agriculture University (IAU) magistratura bosqichida tahsil olmoqda.
Mehnat faoliyati
2022–2023-yillar — Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari milliy tadqiqot universiteti (TIIAME NRU), O‘quv bo‘limi mutaxassisi.
2023–2024-yillar — Profi University, O‘quv bo‘limi bosh mutaxassisi.
2024–2025-yillar — Germaniyada qishloq xo‘jaligi sohasida amaliy mehnat faoliyati.
2025-yildan hozirgi vaqtga qadar — Profi University, O‘quv-uslubiy boshqarma bosh mutaxassisi.
Asosiy kasbiy faoliyat yo‘nalishlari
O‘quv mashg‘ulotlari jadvalini shakllantirish, muvofiqlashtirish va uning bajarilishini nazorat qilish;
Professor-o‘qituvchilarning o‘quv yuklamalari va pedagogik faoliyatiga oid ma’lumotlarni yuritish;
HEMIS axborot tizimida o‘quv jarayoniga oid ma’lumotlarning to‘g‘ri va o‘z vaqtida shakllantirilishini nazorat qilish;
Fakultetlar va kafedralar faoliyatini o‘quv jarayonini tashkil etish masalalari bo‘yicha muvofiqlashtirish;
O‘quv jarayoniga oid hisobotlar, tahliliy ma’lumotlar va xizmat hujjatlarini tayyorlash;
O‘quv rejalari, fan dasturlari va ta’lim jarayoniga oid me’yoriy hujjatlar bilan ishlash.
Kasbiy maqsadi: oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlarini samarali tashkil etish, akademik boshqaruvni takomillashtirish va ta’lim faoliyatining izchil rivojlanishiga hissa qo‘shish.
