
Salom, hurmatli futbol ixlosmandlari!
Profi University sizlarni 1-kurs guruhlari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Rektor Kubogi – 2025” musobaqasining SARALASH BOSQICHIDA faol ishtirok etishga chorlaydi!
🎯 Maqsad:
Talabalar orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, sport orqali do‘stlik va jamoaviy ruhni mustahkamlash.
📅 Musobaqa sanasi:
🗓 01.11.2025-yil
📍 Joy: Profi University Bektemir tumani
👥 Ishtirok etish shartlari:
- Har bir jamoa 7 kishidan iborat bo‘lishi kerak (5 ta asosiy + 2 ta zahira o‘yinchi)
- Jamoalar faqat 1-kurs guruhlari orasida tuziladi
- Har bir jamoa o‘ziga ijodiy nom tanlashi mumkin
📝 Ro‘yxatdan o‘tish muddati:
📆 28.10.2025-yilgacha
📩 Jamoa a’zolari haqidagi ma’lumotni t.me/@profi_futbol_2025 manziliga yuboring va ro‘yxatdan o‘ting
🏅 Eng faol jamoalar keyingi bosqichga yo‘l oladi!
Keling, o‘z guruhingiz nomidan jamoa tuzing, mashg‘ulotlarni boshlang va “Rektor Kubogi – 2025” g‘olibiga aylaning!
Sizni qiziqtirishi mumkin bo‘lgan boshqa maqolalar.
Aqlingiz va strategiyangizni sinovdan o'tkazishga tayyormisiz? Taxta ortidagi murosasiz bahsda o'z guruhingiz…
BatafsilKelajak shifokorlari uchun eng unutilmas va mas'uliyatli kun yaqinlashmoqda! Insonparvarlik va sadoqat ramzi…
BatafsilEndilikda Turizm fakulteti talabalari xalqaro mehmonxonada amaliyot va stajirovka o‘tash, real tajriba…
Batafsil