
2026-yil 6–7-yanvar kunlari Toshkent shahrida ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlash ta’limini modernizatsiya qilishga bag‘ishlangan Milliy forum bo‘lib o‘tdi. Tadbir Britaniya Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamkorligida tashkil etildi.
Forum Britaniya Kengashining Markaziy Osiyoda ingliz tilini rivojlantirishga qaratilgan AELLCA dasturi doirasida o‘tkazildi. Unda respublikaning barcha hududlaridan ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlaydigan 55 dan ortiq davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari vakillari, jami 220 nafar ishtirokchi qatnashdi.
Mazkur forumda Profi University Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri Nargiza Akhmedova, shuningdek kafedra o‘qituvchilari D. Sandibayeva va D. Xadjimetova faol ishtirok etib, muhokamalarda o‘z fikr va takliflarini bildirdilar.
Forum doirasida bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlash (PRESETT) tizimini modernizatsiya qilish, o‘quv dasturlari va modullarni zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida takomillashtirish, reflektiv va inklyuziv ta’lim tamoyillarini ta’lim jarayoniga integratsiya qilish masalalari muhokama qilindi.
Sizni qiziqtirishi mumkin bo‘lgan boshqa maqolalar.
Birinchilardan bo’lib imtihon topshirib, stipendiya va Grantga ega boʻlishni xohlasangiz, hoziroq roʻyxatdan…
BatafsilNational Exclusive Partner for India, Nepal and Bangladesh We are pleased to announce that Walnut Data Tech…
Batafsil📚 2026-2027 o‘quv yilida kontrakt to‘lovini 20% chegirma bilan amalga oshirish imkoniyatini boy bermang! ⏰…
Batafsil