18-oktyabr kuni Yaponiyaning NIPPON TRAVEL AGENCY CO., LTD delegatsiyasi Profi Universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida ikki tomon o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi🤝
📚 MOUning maqsadi:
- Turizm yo‘nalishi talabalari uchun Yaponiyada amaliyot imkoniyatlari yaratish.
- Bitiruvchilarga ish o‘rinlari ta’minlash.
👨💼 Nippon Travel Agency General direktori Baba NAOKI va Profi University prorektori Aziz Abdazimov ushbu muhim voqeada ishtirok etib, hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanligini bildirdi
Bu hamkorlik kelajakda talabalarga yangi imkoniyatlar yaratish va ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi