Kirish

Biz kimmiz?

Bir paytlar uchta xonadan  iborat kichik bir o‘quv markazi sifatida tashkil qilingan "Profi Education" hozirga kelib xususiy bog‘cha, maktablar, o‘quv markazlari tarmog‘iga aylandi. Endigi navbat, albatta, oliygoh edi va biz bu marraga ham yetib keldik.

"Profi University" mamlakatimizda pedagog kadrlar va taʼlim boshqaruvi yo‘nalishida o‘z faoliyatini boshlagan ilk xususiy oliygoh hisoblanadi. Hozirga kelib "Profi Education" yana-da rivojlanish, yana-da yangi maktabgacha taʼlim muassasalari va maktablar ochish imkoniyatiga ega, lekin har safar yangi taʼlim dargohi ochganimizda biz kadrlar yetishmovchiligiga duch kelamiz.

Yaxshi, tajribali o‘qituvchilar juda kam, borlari ham o‘z ishiga ega, ularni ishlab turgan joyidan bo‘shatib kelish uchun esa o‘qituvchilarga kattaroq maosh, qulayroq sharoitlar va imkoniyatlar yaratib berishimiz kerak bo‘ladi. Bu albatta o‘qituvchi uchun yaxshi, lekin xususiy taʼlimning narxini oshirib yubormoqda. Natijada farzandini xususiy maktabda o‘qitish istagidagi ota-onalarning ko‘pchiligi xususiy taʼlim xizmatlaridan foydalana olishmayapti.

Ayni vaqtda "Profi University"ning Toshkent va Navoiy shaharlarida filiallari mavjud.

Hozirgi kunda universitetda 5000 dan ortiq talaba tahsil olmoqda.

Siz "Profi University"da quyidagi ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olishingiz mumkin:

1. O‘zbek tili va adabiyoti
2. Bank ishi va auditi
3. Iqtisodiyot
4. Buxgalteriya hisobi va audit
5. Turizm
6. Marketing
7. IT (Axborot texnologiyalari va tizimlari)
8. Ta’lim menejmenti
9. Maktabgacha ta’lim
10. Boshlang‘ich ta’lim
11. Pedagogika-psixologiya
12. Rus tili
13. Ingliz tili

Ayni vaqtda universitetga teat ko‘rinishidagi imtihon asosida qabul qilinadi.

"Profi" raqamlarda

5000+

Talaba

400+

O'qituvchi

13

Fakultet

2

Universitet filiallari

"Gapiradigan" suratlar!

Barcha rasmlar

Hamkorlarimiz

200+

"Profi" haqida eshitamiz!

49 sharhlar

Assalom alaykum hammaga yaqinda unversitetimiz haqida yaxshi xabarlarni eshitib juda xursand bo'ldim.

Shadieva Ugiloy Muhammadkarim qizi

Talaba

Assalamu alaykum, Mirzohid Norqobilov ajoyib ustoz, ilmga boy. Qaysi sohadan savol bersak, yuksak darajada javob beradilar uztoz! Ishlaringizga rivoj tilayman.

Hamroqulov Muhriddin Idiboyevich

Talaba

Assalomu alaykum, hammaga, yaqinda universitetimiz haqida yaxshi xabarlarni eshitdim. Rossiya yangiliklarida "O'zbekistondagi eng ayxshi universitet" sifatida tan olinibdi.

Narziev Sardor Najmiddin

Talaba

Bizning mutaxassislar

Xoshimov Nodirjon Ergash o'g'li

"Profi University" Toshkent filiali rektori

Mahmudova Oybarchin Axatovna

“Maktabgacha va boshlang‘ich ta'lim” kafedrasi o‘qituvchisi

Shoumarova Zilola Abdushukurovna

O‘quv bo‘lim boshlig‘i

Nazarov Bahodir Amangeldiyevich

Rektor maslahatchisi

Allamuratova Aysanem Jalgasbayevna

Rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi

Tayyormisiz?

Biz bilan bog'laning!