Savollar va javoblar

Bu yerda eng ko'p beriladigan savollarga berilgan javoblarni olishingiz mumkin.

Profi University talabalarning yoshlari chegarasi borasidagi diskriminatsiyaga mutlaqo qarshi. Ta’lim sohasidagi qonunchilikka ko’ra, har bir inson yoshidan, jinsidan va etnik kelib chiqishidan qat’i nazar, oliy ta'lim muassasalarida tahsil olishi mumkin, shuningdek, OTM larda barcha talabalarga bir xil munosabatda bo’lish kafolatlanadi.

Ha, albatta. Siz xalqaro talaba sifatida hujjat topshirishingiz mumkin. Biroq qabul jarayoni mahalliy abituriyentlarniki bilan bir tartibda amalga oshiriladi. 

Profi University bitiruvchilari o’zlarining yuqori malakasi va xorijiy tillardagi bilim darajasi bilan chet el mamlakatlaridagi kompaniyalarda ishlashi mumkin. Biroq universitet o'z kuchini O'zbekiston iqtisodiyoti uchun kuchli malakali mutaxassislarni tayyorlashga yo'naltiradi va talabalarni chet davlatlarda ishlashga unday olmaydi. Oliy ma'lumotli hamda professional kadrlarga doimo talab katta va o'z mamlakatlaridan chiqmagan holda yuqori maoshli ishlarda ishlashlari mumkin.

Profi University talabalari o'z tahsillarini boshqa OTM larga ko'chirish imkoniyatiga ega. Ko'chirish jarayoni Oliy ta'lim vazirligi tasdiqlagan joriy nizom asosida amalga oshiriladi.

Ha, albatta. Univeritet ma'muriyati transferni amalga oshirish uchun arizalarni ko'rib chiqishi mumkin. Shu bilan birga, har bir abituriyent - talaba o’qishni ko'chirish bilan bog'liq talablarga javob berishi kerak.

Yo’q. Agar siz davlat va nodavlat tashkilotlarida ishlashni xohlasangiz, diplomni nostrifikatsiya qilish talab etilmaydi.

Ha. Profi University bitiruvchilari davlat OTM lari bilan bir xil darajadagi diplomga ega bo'ladilar.

Profi Universityda ta'lim tili sifatida o'zbek yoki rus tilini tanlashingiz mumkin.

Profi University o'quv binosini kengaytirish va yotoqxona qurish arafasida bo'lganligi bois joriy o'quv yili uchun talabalarni turarjoy bilan ta'minlay olmaydi. 

Shartnoma shartlari 1-semestr uchun u imzolangandan boshlab 15 kun ichida bajarilishi lozim. 

Yillik to’lov faqat o’qish xarajatlarini qoplashga yo'naltiriladi.

O'zbekiston fuqarolari uchun Universitetning yillik to'lov miqdori quyidagicha :

  • Boshlang'ich ta'lim metodikasi – kuzduzgi ta'lim shakli uchun 20 900 000 so'm, sirtqi shakl uchun esa 14 300 000 so'm. 
  • Maktabgacha ta’lim – kuzduzgi ta'lim shakli uchun 20 900 000 so'm, sirtqi shakl uchun esa 14 300 000 so'm.
  • Pedagogika- psixologiya – kuzduzgi ta'lim shakli uchun 20 900 000 so'm, sirtqi shakl uchun esa 14 300 000 so'm.
  • Ta’lim menejmenti – kunduzgi ta'lim shakli uchun 23 100 000 so'm
  • Ingliz tili va adabiyoti – kunduzgi ta'lim shakli uchun 23 100 000 so'm
  • Rus tili va adabiyoti – kunduzgi ta'lim shakli uchun 23 100 000 so'm

* Shartnoma to'lovi bir martalik 100% to'langanda 1 100 000 so'm chegirma amalga oshiriladi.

Universitetda kunduzgi ta'lim shakli uchun o’qish muddati 4 yilni tashkil qiladi, sirtqi shakl uchun esa ta'lim muddati 5 yil deb belgilangan. Shuningdek, har bir o’quv yilida talaba amaliyot darslariga chiqariladi.

Ha, 2022-yil sentyabrdan boshlab Profi Universitetida ikkinchi mutaxassislik bo’yicha o’qishni xohlagan talabgorlar boshqa kollej/litsey/maktabni tugatgan abituriyentlar singari belgilangan tartib asosida qabul jarayonlarida ishtirok etishadi.

Yo’q, talabalikka tavsiya etilgan o'quvchilardan hujjatlarning asl nusxasini shaxsan o’zlari olib kelishlari so’raladi.

Ha, qabul jarayoni to'liq yakunlangandan so’ng o'qishga qabul qilinganlar to’lov shartnomasini olish uchun quyidagi hujjatlarning asl nusxasini universitetga o'zlari bilan olib kelishlari kerak:

  • Harbiy guvohnoma (faqat o'g'il bolalar uchun);
  • Kollej/Litsey diplomi yoki maktab attestatining asl nusxasi.
  • 3.5×4.5 rasm (4 dona)

Yo’q, onlayn hujjat topshirish vaqtida diplomning skaner variantini yuklash kerak. Talabalikka tavsiya etilganlardan asl nusxasini olib kelish so’raladi.

Universitetga kirish jarayonlarida abituriyentlar uchun xorijiy til bilish bo’yicha hech qanday talab qo’yilmaydi. Universitet davrida barcha talabalar ingliz va rus tillarini chuqurlashtirilgan tarzda o’rganadilar. Bitiruvga yaqin tilni bilish darajasi bo’yicha maxsus imtihonlar olinadi.

Onlayn hujjat topshirish 25 - maydan (2022) 25 - avgustgacha (2022) davom etadi.

Imtihon sanasi abituriyentlarning soniga qarab, o’zgarishi mumkin. O’zgarishlardan xabardor bo’lish uchun Universitet veb-sahifasini va ijtimoiy tarmoq sahifalarini doimiy tekshirib turishni unutmang. 

Abituriyentlar Universitetning rasmiy veb-sahifasi orqali onlayn tarzda hujjat topshiradilar:
https://profiuniversity.uz

Hujjatlar imtihon va suhbat o'tgandan so'ng qabul qilinadi:
– Passport;
– Kollej/litsey diplomi yoki maktab attestati
– 3.5×4.5 rasm (oq, tiniq fonda va oxirgi 3 oy ichida olingan bo’lishi kerak).
Barcha hujjatlar skaner variantda, pdf va jpg formatda bo’lishi shart.

Kirish imtihonining umumiy natijalari hisoblanib, o'qishga qabul qilinganlarning ro'yxati har bir imtihon o'tkazilgan kundan boshlab uch ish kuni ichida o’zida universitetning rasmiy veb-sahifasi www.profiuniversity.uz da e’lon qilinadi.

Profi Universityda ta'lim tili o’zbek va rus tillarida bo’lib, yozma ish abituriyent tanlagan tilda bo’lib o’tadi.

Hozirgi vaqtda, Profi Universityda quyidagi mutaxassisliklar mavjud:

  • Maktab menejmenti
  • Maktabgacha ta’lim
  • Boshlang’ich ta’lim
  • Rus tili
  • Xorijiy til (ingliz)
  • Pedogogika-psixologiya

2022-2023 o'quv yili uchun Profi Universityga talabalar test va yozma imtihon asosida qabul qilinadi:

Test va yozma imtihon sanalari va vaqtlari abituriyentlarning soniga qarab, o’zgarishi mumkin. O’zgarishlardan xabardor bo’lish uchun Universitet veb-sahifasini va ijtimoiy tarmoq sahifalarini doimiy tekshirib turishni unutmang.