Manzil

Toshkent sh., Bektemir t., Husayn Boyqaro k., 117

Murojaat

78 777 11 11

E-mail

info@profiuniversity.uz


Ro'yxatdan o'tish

Biz haqimizda

"Profi University" Navoiy Filiali

"Profi University" 2021-yil dekabr oyida o‘z faoliyatini boshlagan va universitetning dastlabki rejalarida ham viloyatlarda "Profi"ning filialini ochish g‘oyasi bor edi. Va biz viloyatlardagi ilk filialimiz uchun Navoiy shahrini tanladik. 2022-yil 13-avgust kuni Navoiy shahrida yashovchi insonlarning yodida qolganiga shubha yo‘q. Chunki shu kuni Navoiy filialining tantanali ochilish marosimi va konsert dasturi o‘tkazilgan edi. Taxminlarimizga ko‘ra, konsertni 5000 dan oshiq inson tomosha qilgan.

Ayni vaqtda "Profi University" Navoiy flialida 2000 dan ortiq talaba tahsil oladi. Filialning o‘ziga tegishli yotoqxonasi ham bor.

Universitet tanlash har bir o‘smir yoki hayotini izga solmoqchi bo‘lgan inson uchun muhim jarayon. Ammo universitet tanlashda aynan nimalarga e'tibor berish kerak?

Bu alohida savolga bizda maxsus javob bor - "Profi University"ning Navoiy filialiga kelsangiz, bu haqida batafsil gaplashamiz!

Manzil: Navoiy shahri, Navoiy ko‘chasi, 81-uy.

Bizning mutaxassislar

Bizning jamoa bilan tanishing