O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 27-dekabrdagi 490-sonli “2025-yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar to‘g‘risida'gi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida 2025-yil 25–26-aprel kunlari respublika miqyosida “Yangi O‘zbekiston barpo etishda jadidlar g‘oyalarining o‘rni” mavzusida ilmiy anjuman tashkil etildi. Mazkur anjumanda jadidlar ilmiy merosini maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim tizimiga tatbiq etish, ularning pedagogik qarashlarini zamonaviy ta’lim bilan uyg‘unlashtirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, jadidchilik g‘oyalarini ijtimoiy-psixologik fenomen sifatida o‘rganish, jadidlarning iqtisodiy va falsafiy qarashlarining bugungi jamiyat taraqqiyotiga ta’siri, jadidchilikda til va adabiyot masalalariga oid tashkiliy, ilmiy-nazariy hamda metodologik tadqiqotlar natijalari yoritildi.