Profi University - O'zbekistondagi xususiy universitet
Manzili

Toshkent sh., Bektemir t., Husayn Boyqaro k., 117

Murojaat

78 777 11 11

E-mail

info@profiuniversity.uz


Ro'yxatdan o'tish

Rahbariyat

G‘ayrat Shoumarov Profi University rektori

Shoumarov Gayrat Baxramovich — “Profi University” rektori. O‘zbek olimi, psixologiya fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi a’zosi — akademik. U O‘zbekistonda psixologiya sohasida oila ilmiga oid ilmiy maktabning asoschisi hisoblanadi.

Gayrat Shoumarov maktab o‘quvchilari uchun sog‘lom turmush tarzi, salomatlik va oila masalalariga bag‘ishlangan bir qator darsliklar muallifi; akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida o‘qitiladigan “Oilaviy psixologiya” va “Sharq oilasi” darsliklari, “O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi,” “Ayollar Ensiklopediyasi,” “Bolalar Ensiklopediyasi” kabi nashrlarning mualliflaridan biridir. Uning rahbarligida va hamkorligida psixologiya sohasida ko‘plab ilmiy va ommabop kitoblar tayyorlangan. Shuningdek, u 70 dan ortiq o‘quv-uslubiy qo‘llanma va 400 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifidir.

Rahbariyat

Bizning rahbariyat bilan tanishing