Manzili

Toshkent sh., Bektemir t., Husayn Boyqaro k., 117

Murojaat

78 777 11 11

E-mail

info@profiuniversity.uz


Ro'yxatdan o'tish

Universitet yangiliklari

"Profi" radiosi uchun boshlovchilar kastingi bo‘lib o‘tdi

"Profi" radiosi uchun boshlovchilar kastingi bo‘lib o‘tdi

"Profi" radiosi uchun boshlovchilar kastingi bo‘lib o‘tdi
Bugun, 15-aprel kuni Profi University Bektemir kampusida "Profi" radiosi uchun iste’dodli boshlovchilarni tanlab olish bo‘yicha kasting o‘tkazildi.

Kastingda ishtirokchilar quyidagi bosqichlarda o‘z iqtidorlarini namoyon qilishdi:

✅ Radioboshlovchi uslubida o‘zini tanishtirish;

✅ “Kunni qanday yaxshi kayfiyatda boshlash mumkin?” mavzusida bir daqiqalik motivatsion eshittirish;

✅ Ifodali va ta’sirli monolog o‘qib berish.

Baholash mezonlariga asosan, nomzodlardan:

✅Ifodali va ravon nutq;

✅Radio formatiga mos yoqimli ovoz;

✅Sahnadagi ishonchli chiqish kabilar talab etildi.

Bu kasting nafaqat iste’dodlarni aniqlash, balki talabalar uchun o‘z ovozi bilan boshqalarga ilhom ulashish imkonini ham berdi.

"Profi" radiosi — bu ovozingizni eshittiradigan maydon! Tez orada efirda kimlar bo‘lishini bilib olasiz.

Boshqa yangiliklar