✅ Biz suitsidga qarshimiz!
Profi University" rektori G‘ayrat Baxromovich Shoumarov Toshkent Tibbiyot akademiyasida mahorat darsi o‘tkazdilar.
Darsning asosiy mavzusi "Suitsid va uning oldini olish" bo‘lib, tibbiy ta'limda zamonaviy yondashuvlarni kun tartibiga olib chiqish maqsadida tashkil etildi.
"Profi University" jamoasi kelajakda ham Toshkent Tibbiyot akademiyasi bilan hamkorlik aloqalarini yana-da rivojlantirishni rejalashtirgan.