Biz universitetimizda NILE (Norwich Institute for Language Education, Buyuk Britaniya) direktori doktor Tom Kiddlni mehmon qilganimizdan mamnunmiz! 🇬🇧
🗣 U rektor G.B. Shoumarov bilan birgalikda o‘qituvchilar uchun maxsus chegirmalar bilan professional ta’lim imkoniyatlarini muhokama qildilar.
📚 Asosiy kurslardan ba'zilari:
• Til ta'limida global fuqarolik
• Bolalarga ingliz tilini o‘qitish
• Til va metodikani chuqurlashtirish kursi
• Test, baholash va bilimlarni nazorat qilish
Eng quvonarlisi — bu imkoniyatlar faqat o‘qituvchilar uchun emas, balki ingliz filologiyasi yo‘nalishidagi talabalar uchun ham ochiq!
Kurslar onlayn yoki Buyuk Britaniyaning tarixiy shahri — Norvichda joyida o‘qilishi mumkin. Bu shahar o‘zining go‘zal arxitekturasi, ilmiy muhiti va xalqaro ta’lim hamjamiyati bilan mashhur.
✈️ NILEda o‘qish — bu butun dunyo bo‘yicha yuqori baholanadigan xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lish, sayohat qilish, Buyuk Britaniya bilan tanishish va turli mamlakatlardan kelgan o‘qituvchilar va talabalar bilan muloqot qilish imkoniyatidir.
Shuningdek, INTO Group tashabbusi doirasida Buyuk Britaniya universitetlari bilan qo‘shma diplom dasturlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha samarali muzokaralar olib borildi.
Tez orada batafsil ma'lumot bilan bo‘lishamiz.
Yangiliklarni kuzatib boring!