Profi University tomonidan ta'sis etilgan "PULSE" ilmiy-amaliy jurnalining 2025-yil 2-soni uchun maqolalar qabuli ochilganligini e'lon qilamiz.
Agar siz ta’lim sohasida izlanish olib borayotgan olim, tadqiqotchi yoki mutaxassis bo‘lsangiz, o‘z ilmiy maqolangizni keng auditoriyaga taqdim etish imkoniyati aynan shu yerda.
Endilikda siz ilmiy maqolangizni jurnalimizda chop etish uchun yuborishingiz mumkin.
🟥Qabul qilinadigan yo‘nalishlar:———==—
🟣Yoshlar va ma'naviy tarbiya
🟣Xorij tajribasi
🟣Axborot texnologiyalari
🟣Tibbiyot fanlari
🟣Iqtisodiyot fanlari
🟣Pedagogika fanlari
🟣Psixologiya fanlari
🟣Filologiya fanlari
🟣Falsafa fanlari
🔍Maqolalarga qo‘yiladigan talablar:
▪️Tillar: o‘zbek (lotin alifbosi), rus yoki ingliz
▪️Maqola sarlavhasi: o‘zbek, rus va ingliz tillarida yozilishi kerak
▪️Muallif haqida ma’lumot: F.I.Sh., surati, ish joyi, ilmiy daraja, telefon raqami
▪️Annotatsiya (Abstrakt): maqolaning qisqacha mazmuni (100-250 so‘z), uch tilda bo‘lishi lozim
▪️Kalit so‘zlar: 6–8 marta maqola ichida ishlatilishi kerak
▪️Maqola tuzilishi: kirish, asosiy qism, xulosa bo‘lishi shart
▪️Format: Times New Roman, 14 shrift, 1 interval, 2 sm hoshiyalar
▪️Hajm: 4–16 bet
▪️Illustratsiyalar: aniq, xalqaro standartlarga mos jadval va rasm formatida bo‘lishi kerak
▪️Adabiyotlar ro‘yxati: ilmiy manbalar asosida yozilishi, kamida 8-10 ta bo‘lishi tavsiya etiladi
▪️Plagiat tekshiruvi: kamida 65% o‘ziga xoslik talab etiladi.
Maqolaga qo'yilgan qo'shimcha talablar — pulsejournal.uz
❗️Maqolalarni jurnal sayti orqali qabul qilinadi. Yuborilgan maqolalar tahririyat kengashi tomonidan ko'rib chiqilib, tasdiqlanadi.
➡️Maqola yuborish — pulsejournal.uz
Mualliflar o'zlari yuborgan maqola holatini pulsejournal.uz sayting "Maqola holatini tekshirish" bo'limi orqali, telefon raqamini kiritgan holda bilib olishlari mumkin.
Jurnalning 1-soni bilan tanishish — pulsejournal.uz