Mehmondo‘stlik va umumiy ovqatlanish sohasining eng yirik xalqaro ko‘rgazmasi 21–23-oktabr kunlari bo‘lib o‘tdi!
Tadbir doirasida Profi University va O‘zbekiston Otelchilar Assotsiatsiyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi (MOU) imzolandi.
🤝 Hujjatni universitet rektori, akademik G‘ayrat Shoumarov hamda Assotsiatsiya raisi Farangiz Abdullayeva imzoladilar.
🎓 Ushbu hamkorlik natijasida endilikda Profi Universiteti turizm yo‘nalishi talabalari Assotsiatsiyaga a’zo mehmonxonalarda amaliyot (internship) o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Bu — talabalarning real sektor bilan yaqin hamkorlikda tajriba orttirishlari, sohaning eng yaxshi mutaxassislaridan o‘rganishlari uchun katta qadam! 🌍