🔹 Delegatsiya tarkibi:
• Dr. Simon Grant — shifokor va vasiy;
• Janob Urvaksh Bhote — bosh direktor (CEO);
• Janob Rishikesh Khandve — biznesni rivojlantirish va xalqaro marketing bo‘yicha bosh menejer.
🔹 Tashrifning birinchi kuni doirasida tibbiyot sohasida ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, 2026-yil yanvar oyida tibbiyot yo‘nalishida Profi University’da xalqaro konferensiya o‘tkazish bo‘yicha muhim kelishuvga erishildi.
Mazkur tashrif Profi University va Ruby Hall Clinic o‘rtasidagi strategik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda. Oldinda qo‘shma tibbiy loyihalar, xalqaro tajriba almashinuvi hamda bemorlar uchun yanada keng imkoniyatlar kutilmoqda.
🚀 Eng muhim yangiliklar hali oldinda.
Yaqin kelajakda Ruby Hall Clinic va Profi University birgalikda yirik va nufuzli xalqaro tibbiy hamkorlik markaziga aylanishi rejalashtirilmoqda.
Endilikda o‘zbekistonlik bemorlarning davo izlab Hindistonga borishiga ham hojat qolmaydi. Bizni kuzatishda davom eting.