Profi University - O'zbekistondagi xususiy universitet
Manzili

Toshkent sh., Bektemir t., Husayn Boyqaro k., 117

Murojaat

78 777 11 11

E-mail

info@profiuniversity.uz


Ro'yxatdan o'tish

Universitet yangiliklari

Ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlash ta’limini modernizatsiya qilish bo‘yicha Milliy forum o‘tkazildi

Ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlash ta’limini modernizatsiya qilish bo‘yicha Milliy forum o‘tkazildi

Ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlash ta’limini modernizatsiya qilish bo‘yicha Milliy forum o‘tkazildi

2026-yil 6–7-yanvar kunlari Toshkent shahrida ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlash ta’limini modernizatsiya qilishga bag‘ishlangan Milliy forum bo‘lib o‘tdi. Tadbir Britaniya Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamkorligida tashkil etildi.


Forum Britaniya Kengashining Markaziy Osiyoda ingliz tilini rivojlantirishga qaratilgan AELLCA dasturi doirasida o‘tkazildi. Unda respublikaning barcha hududlaridan ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlaydigan 55 dan ortiq davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari vakillari, jami 220 nafar ishtirokchi qatnashdi.


Mazkur forumda Profi University Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri Nargiza Akhmedova, shuningdek kafedra o‘qituvchilari D. Sandibayeva va D. Xadjimetova faol ishtirok etib, muhokamalarda o‘z fikr va takliflarini bildirdilar.


Forum doirasida bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlash (PRESETT) tizimini modernizatsiya qilish, o‘quv dasturlari va modullarni zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida takomillashtirish, reflektiv va inklyuziv ta’lim tamoyillarini ta’lim jarayoniga integratsiya qilish masalalari muhokama qilindi.

Boshqa yangiliklar