22-fevral kuni Toshkent shahrida MDH miqyosida ilk bor tashkil etilgan Xalqaro ilmiy-amaliy ko‘rik tanlovi yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tanlovda yurtimiz taraqqiyoti va jamiyat ravnaqiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, turli sohalarda fidoyilik bilan xizmat qilayotgan mutaxassislar “VATANGA SODIQ INSON” estalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.
Eng quvonarlisi, Profi University bitiruvchilari — O‘rinboyeva Laylo va Yo‘ldoshev Otabek ushbu nufuzli mukofotga sazovor bo‘lishdi.
Ularning yutuqlari — nafaqat shaxsiy muvaffaqiyat, balki universitetimiz faxridir.