Manzil

Toshkent sh., Bektemir t., Husayn Boyqaro k., 117

Murojaat

78 777 11 11

E-mail

info@profiuniversity.uz


Ro'yxatdan o'tish

Talaba karyerasi

Raʼno Isamitdinova

Tanishing, Profi Universityning faol va tirishqoq talabalaridan biri Raʼno Isamitdinova. U Taʼlim menejmenti fakulteti sirtqi ta'lim shaklining 3-bosqichida tahsil olib kelmoqda. 

Raʼno Isamitdinova ayni damda Toshkent shahridagi “Yurist va kadr” nodavlat taʼlim muassasasi direktori hisoblanadi. Mazkur oʻquv markazidagi ish faoliyati davomida minglab shogirdlar chiqarishga ham ulgurgan. 

Faoliyati mobaynida turli xil korxona va tashkilotlarning yurist va kadrlar xizmati xodimlari malakasini oshirishga, huquqiy bilimlarini mustahkamlashga oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda.

Nega aynan Profi University?

Faoliyatim bevosita ta'lim bilan bog'liq. Shu sababli taʼlim menejmenti men uchun juda qiziq. Oliygoh tanlovi bo'yicha oldimda juda ko'p variantlar bor edi. Lekin men Profi Universityni tanladim. Chunki bu oliygohning ajoyib qadriyatlari bor, ya'ni ular o'zlariga ravo ko'rgan narsani talabalariga ham ilinishadi. Shuning uchun ham hech ikkilanmay aynan shu universitetni tanlaganman. O'qish jarayoni davomida tanlovim to'g'ri ekanligiga yanada amin bo'ldim — deydi Raʼno Isamitdinova.

Boshqa talabalar