Manzil

Toshkent sh., Bektemir t., Husayn Boyqaro k., 117

Murojaat

78 777 11 11

E-mail

info@profiuniversity.uz


Ro'yxatdan o'tish

O'qituvchi

Shoumarov G‘ayrat Baxromovich
"Profi University" Toshkent filiali rektori

Shoumarov G‘ayrat Baxromovich - Profi University Toshkent shahri rektori. Oʻzbekistonlik olim, psixologiya fanlari doktori, professor, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi aʼzosi — akademik. Psixologiya fani yoʻnalishida Oʻzbekistonda oilani oʻrganish boʻyicha shakllangan ilmiy maktabi asoschisi. Gʻayrat Shoumarov maktab oʻquvchilari uchun moʻljallangan, sogʻlom turmush tarzi, salomatlik, oila masalalariga bagʻishlangan qator oʻquv qoʻllanmalari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida oʻqitiladigan "Oila psixologiyasi" va "Sharqona oila" oʻquv qoʻllanmalari, "Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi", "Ayollar ensiklopediyasi", "Bolalar ensiklopediyasi" singari kitoblar mualliflaridan biri boʻlib, rahbarligi va hammuallifligida psixologiya boʻyicha qator ilmiy-ommabop kitoblar tayyorlangan. Shuningdek, 70 dan ortiq o‘quv-uslubiy qo‘llanma va 400 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. 40 dan ortiq fan nomzodiga ilmiy rahbarlik va 10 dan ortiq fan doktoriga ilmiy maslahatchilik qilgan. 

Bog‘lanish uchun: shoumarovgayrat@mail.ru

Pedagog

Bizning jamoa bilan tanishing