Profi University - O'zbekistondagi xususiy universitet
Manzili

Toshkent sh., Bektemir t., Husayn Boyqaro k., 117

Murojaat

78 777 11 11

E-mail

info@profiuniversity.uz


Ro'yxatdan o'tish

O'qituvchi

Go'zal Safarova
Tillar kafedrasi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

F.I.O.: Safarova Go‘zal Qudratovna

Ilmiy daraja, unvon: filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent v.b.

Lavozim: “Tillar” kafedrasi v.b. dotsenti.


Qisqa biografiya
Safarova Go‘zal Qudratovna
25 yildan ortiq vaqt davomida xalq  va oliy ta’lim tizimida faoliyat yuritib kelmoqda. 2000-yilda Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika universitetining “O‘zbek tili va adabiyoti” ixtisosligi bo‘yicha o‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchisi mutaxassisligiga ega bo‘lgan.

2010-2012 yillarda Navoiy davlat pedagogika instituti magistratura boʻlimida oʻzbek tili mutaxassisligi  boʻyicha tahsil olib, “Oʻzbek onomastikasida toponimlarning lisoniy tahlili (Xatirchi tumani misolida)” mavzusida 5A 141101-Oʻzbek tili ixtisosligi boʻyicha magistrlik dissertasiyasini a'lo darajada himoya qildi.

 

2022-yilda “Evfemizmlarning yosh xususiyatlariga koʻra sosial xoslanishi” mavzusidagi filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya himoya qilgan.

 


Ilmiy faoliyat

30  dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi, jumladan 1 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 1ta intellektual mulk mualliflik guvohnomasi.

Asosiy ilmiy yo‘nalishlari: O‘zbek tili va adabiyoti, Boshlang‘ich ta’lim (Ona tili nazariyasi)
Pedagogik faoliyat

Quyidagi fanlardan dars beradi:

Ona tili nazariyasi va amaliyoti

Hozirgi o‘zbek adabiy tili

Tilshunoslik asoslari

O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi

Davlat tilida ish yuritish

Ona tili praktikumi.

Pedagog

Bizning jamoa bilan tanishing