Lazizjon Baxranov
Falsafa fani o‘qituvchisi
Sevara Rizayeva Mirg‘ulomovna 20 yildan ortiq vaqt davomida stomatologiya sohasida faoliyat yuritib kelmoqda. 2000-yilda 1-Toshkent Davlat Tibbiyot Institutini tamomlagan. 2006-yilda nomzodlik dissertatsiyasini, 2016-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2018-yilda dotsent, 2024-yilda professor ilmiy unvonini olgan.
U stomatologik klinika direktori hamda O‘zLiDeP partiyasidan Mirobod tumani deputati hisoblanadi.
Germaniya, Yaponiya, Bolgariya, Italiya va Rossiyaning turli shaharlarida malaka oshirgan, xalqaro konferensiya va ilmiy loyihalarda faol ishtirok etgan.
150 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi, jumladan 3 ta monografiya, 8 ta o‘quv qo‘llanma va 5 ta patentga ega. Asosiy ilmiy yo‘nalishlari: ortopedik, raqamli va jarrohlik stomatologiyasi, navigatsion implantologiya.
18 yildan buyon Toshkent Davlat Tibbiyot Universitetida pedagogik faoliyat olib boradi. 5 nafar PhD va 20 dan ortiq magistr hamda ordinatorlar tayyorlagan.