Har bir oliy taʼlim talabasi o‘qishini tamomlagandan so‘ng o‘z yo‘nalishi bo‘yicha ishlashni o‘ziga maqsad qilib oladi. Lekin tajriba yo‘qligi va ish jarayonlarini tushunmaslik sababli, 4 yil yoki undan ko‘p yillar davomida o‘qigan bilimlarini o‘z yo‘nalishida/kasbida ishlatmasdan boshqa ishlarda ishlab, ancha rivojlanishdan ham qolib ketadi.
Shu sababli, universitetda talabalarning portfolio’sini shakllantirishga xizmat qiluvchi va ularni munosib ish topishga yordam beruvchi hamda talabalarning shaxsiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan «Karyera Xizmati» (Career Service) platformasi yo‘lga qo‘yildi.
Platformada talabalar o‘zlarini ish beruvchilarga yaxshi ko‘rsata olishlari uchun texnik taraflama imkoniyatlar tayyorlangan va o‘zlarini professional resumeʼlarini tayyorlashlari mumkin. Bu albatta ish beruvchilar uchun juda ham katta qulaylik va imtiyoz hisoblanadi. Shuning uchun ish beruvchilarga qulay qidirish tizimi orqali o‘zlariga kerak bo‘lgan kadrlarni topishlariga imkoniyat bo‘ladi.
Birinchi bosqichda talaba va bitiruvchilarning kompaniya xodimi sifatidagi dastlabki ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida turli-xil mavzularda, reja-grafik asosida shaxsiy rivojlanish kurslari tashkil etiladi.
Ikkinchi bosqichda talaba va bitiruvchilarning potensial xodim sifatidagi shaxsiy ko‘nikmalari shakllantiriladi. Bunda “Karyera” platformasi faoliyati to‘liq yo‘lga qo‘yiladi, reja-grafik asosida bosqichma-bosqich barcha talabalar ushbu loyihaga qamrab olinadi. “Karyera” platformasida bosqichma-bosqich talabalar portfoliosi shakllantiriladi.
Uchinchi bosqich: «Karyera Xizmati» – talaba va ish beruvchilar uchun birinchi aloqa nuqtasi sifatida. Bunda «Karyera Xizmati» loyihasining asosiy maqsadi, ishlash mexanizmi va imkoniyatlarini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida Respublika miqyosida konferensiya va uchrashuv hamda mehnat yarmarkalari tashkil etiladi.