Universitetimiz va FCS auditorlik kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi! 📄
Bu memorandum doirasida:
📌 Talabalarimiz FCS kompaniyasida amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
📌 Turli dasturlar asosida o‘quv kurslarida qatnashishadi.
📌 Kompaniya vakillari bilan uchrashuvlar va mahorat darslari tashkil etiladi.
Amaliyot quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:
✔️ Iqtisodiyot
✔️ Marketing
✔️ Buxgalteriya hisobi va audit
✔️ Bank ishi va audit
Bu hamkorlik talabalarimiz uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi! 🚀