Bugun Profi University rektori, olim, psixologiya fanlari doktori, professor Shaumarov G'ayrat Baxromovich O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining faxriy a'zosi bo'ldi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi Farmoni bilan rektorga Akademik ilmiy unvoni berildi.
Shaumarov G’ayrat Baxromovich shu kunga qadar Xalq ta'limi vaziri lavozimida, prezident devonida, hamda Jahon tillari universitetida rektor lavozimlarda faoliyat yuritgan. Faoliyati davomida 400 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi boʻlib, 40 dan ortiq fan nomzodlariga (PhD) ilmiy rahbarlik, 10 nafardan ortiq fan doktoriga ilmiy maslahatchilik qilgan.